Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Yaponiya hukumati to‘liq tarkibda iste’foga chiqdi

Yaponiya hukumati to‘liq tarkibda iste’foga chiqdi

Yaponiya hukumati bugun, 11 sentyabr kuni to‘liq tarkibda iste’foga chiqdi.

Bosh vazir Sindzo Abe mahkamasi a’zolaridan iste’fo haqidagi bildirgini qabul qilib oldi. Bunga partiyaning parlament yuqori palatasi saylovlaridagi g‘alabasidan so‘ng hukumat tarkibidagi o‘zgarishlar va oktyabr oyida iste’mol solig‘ini 10 foizga oshirish rejalashtirilgani sabab bo‘ldi.

O‘tgan yilning oktyabrida hukumatdagi o‘zgarishlar davomida ko‘plab vazirlar o‘z lavozimini saqlab qolgan bo‘lsa, endilikda faqat hukumat bosh kotibi Yosihide Suga va moliya vaziri Taro Aso o‘z joyida qoladi, xolos. 13 kishi esa birinchi marta Vazirlar Mahkamasiga kirishadi.

Bugun kunning ikkinchi yarmida hukumatning yangi tarkibi e’lon qilinadi. Shundan so‘ng yangi mahkamani imperator tomonidan tasdiqlash marosimi bo‘lib o‘tadi va u rasman shakllangan hisoblanadi.

Kiritildi: 12:53 11.09.2019. O'qildi: 2082 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!