Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Yaponiya hukmron partiyasining g‘alabasi

A A A
Yaponiya hukmron partiyasining g‘alabasi

Yaponiyaning hukmron liberal-demokratik partiya (LDP)si 10 iyul kuni parlament yuqori palatasiga saylovda 125 o‘rindan 63 tasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Kiodo” agentligi xabar bermoqda.

LDPning koalisiyadagi hamkori - “Komeyto” partiyasi parlamentda 13 ta o‘rin egalladi. Muxolifat orasida eng yaxshi natija 17 mandat olgan konstitusiyaviy-demokratik partiyaga tegishli. Bundan tashqari, Konstitusiyaga o‘zgartirish kiritish tarafdori bo‘lgan Yaponiyaning yangilanish jamiyati va boshqa partiyalar parlamentdagi qolgan o‘rinlarni bo‘lishib oldi.

Yaponiya qonunchiligiga ko‘ra, Konstitusiyaga o‘zgarish kiritish uchun umumxalq referendumi o‘tkazilishi kerak. Bu parlament palatalarining uchdan ikki qismi tashabbus bilan chiqqan taqdirdagina amalga oshishi mumkin.

Kiritildi: 12:22 11.07.2022. O'qildi: 1980 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik