Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasining Aydar–Arnasoy ko‘llar tizimini nazorat qilish bo‘limi tomonidan huquqbuzarliklarga qarshi nazorat reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.
Xususan, 2026-yilning yanvar oyi davomida 29 ta huquqbuzarlik holati aniqlandi va 152 million 983 ming so‘m jarima qo‘llanildi.
Ma’lumot uchun, Aydar–Arnasoy ko‘llar tizimi 2022-yilda tashkil etilgan bo‘lib, hududda kecha-yu kunduz ekologik reyd tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, o‘tgan yil yakuniga qadar 500 dan ortiq reyd tadbirlari o‘tkazilgan va ekologik qonunchilik talablarini buzgan 425 nafar shaxs aniqlangan. Ularga nisbatan jami 1 mlrd 724 mln so‘m ma’muriy jarima hamda 50 mln 800 ming so‘m miqdorida tabiatga yetkazilgan zarar hisoblangan va to‘liq undirib olingan.
Reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.