Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Yangihayot tumangaz” gaz ta’minoti filiali bo‘lim boshlig‘i 101 mln so‘m olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Ma’lum bo‘lishicha, u kafeda o‘rnatilgan gaz hisoblagichni yuqori sig‘imli uskunaga almashtirish va texnik shart tayyorlab berish evaziga ushbu mablag‘ni olgan.
⚖️ Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.