Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Yangi Zelandiyadagi masjidda otishma sodir etgan shaxsning kimligi aniqlandi (foto)

Yangi Zelandiyadagi masjidda otishma sodir etgan shaxsning kimligi aniqlandi (foto)

Ushbu jinoyatidan oldin u ijtimoiy tarmoqda nemis kansleri Angela Merkel va Turkiya yetakchisi Toyyib Erdo‘g‘anni o‘ldirish haqidagi manifestini e’lon qilgan.

Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi Al-Nur va Linvud masjidlarida ochiqchasiga otishma sodir etgan shaxs avstraliyalik Brenton Tarrant ekani ma’lum bo‘ldi.

New Zealand Herald gazetasining xabar berishicha, bu 28 yoshli erkak ultra o‘ng qarashlar tarafdori bo‘lgan.

Qayd etilishicha, Tarrant nomozxonlarni o‘ldirishdan avval ijtimoiy tarmoqda nemis kansleri Angela Merkel va Turkiya yetakchisi Toyyib Erdo‘g‘anni o‘ldirishga chaqirilgan manifest e’lon qilgan.

Shu sabab masjidga bo‘lgan hujum ishtirokchilari bir nechta ekanligi gumon qilinmoqda.

Layf nashrining yozishicha, masjidga hujum mahalliy vaqt bilan 13:45da sodir etilgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hujum vaqtida 27 kishi halok bo‘lgan, 30 ga yaqini jarohatlangan.

life.ru

Kiritildi: 14:24 15.03.2019. O'qildi: 3439 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!