Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Yangi Zelandiyada iqlim o‘zgarishi sababli favqulodda holat e’lon qilindi

Yangi Zelandiyada iqlim o‘zgarishi sababli favqulodda holat e’lon qilindi

Parlament qarori bilan Yangi Zelandiyada iqlim o‘zgarishi bo‘yicha favqulodda holat e’lon qilindi.

Bu haqda “Guardian”  nashri xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, parlament tomonidan qo‘llab-quvvatlangan tegishli tashabbusda o‘zgaruvchan va ekstremal ob-havo sharoiti - toshqinlar, dengiz sathining ko‘tarilishi hamda o‘rmon yong‘inlarining Yangi Zelandiya va uning fuqarolari farovonligi, sanoatning asosiy tarmoqlari, suv resurslaridan foydalanish, shuningdek, aholi salomatligiga halokatli ta’siri haqida so‘z boradi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu qaror bilan Yangi Zelandiya iqlim inqirozi mavjudligini rasman tan olgan va o‘z hududida favqulodda holat e’lon qilgan 32 davlat orasiga qo‘shilgan.

 

Kiritildi: 20:12 03.12.2020. O'qildi: 1891 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!