Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Yangi yil oldidan yolg‘on chegirmalarga qarshi nazorat kuchaydi

Yangi yil oldidan yolg‘on chegirmalarga qarshi nazorat kuchaydi

Bayram oldidan tadbirkorlar tomonidan turli aksiya va chegirmalar taklif etilmoqda. Raqobat qo‘mitasi bu kabi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlasa-da, ayrim sub’ektlar tomonidan yolg‘on chegirmalar yoki to‘liq ma’lumot berilmasligi holatlari aniqlanmoqda.

Joriy yilda Qo‘mitaga 48 mingdan ortiq murojaat tushgan bo‘lib, ularning katta qismi — noto‘g‘ri ma’lumot berilishiga oid.

Chakana savdo qoidalariga ko‘ra sotuvchi majbur:
➖ chegirma oldingi 30 kunlik eng past narx asosida qo‘llanishi;
➖ chegirma miqdori, muddati va shartlari aniq ko‘rsatilishi;
➖ tovar soni cheklangan bo‘lsa, bu haqida oldindan xabardor qilinishi;
➖ iste’molchining talabiga ko‘ra, avvalgi narx bo‘yicha dalillar taqdim etilishi;
➖ aksiya sharoitlarini o‘zgartirmaslik va haqiqiy amal qilishini ta’minlash.

Alkogol, tamaki, BADlar, dori vositalari va energetik ichimliklar bo‘yicha chegirma va rag‘batlantiruvchi aksiyalar taqiqlanadi.

Qo‘mita tadbirkorlarni qonunchilikka qat’iy rioya qilishga chaqirdi. Talablar buzilsa — javobgarlik va jarimalar qo‘llaniladi.

Kiritildi: Bugun 16:19. O'qildi: 271 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!