Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

«Yangi O‘zbekistondagi eski O‘zbekistonga "g‘alaba" muborak!» — Rasul Kusherbayev "UzAuto Motors"ning sudda yutib chiqqani haqida

«Yangi O‘zbekistondagi eski O‘zbekistonga "g‘alaba" muborak!» — Rasul Kusherbayev "UzAuto Motors"ning sudda yutib chiqqani haqida

UzAuto Motors kompaniyasining O‘zbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi maxsus komissiyasining 21/31-sonli ishiga oid 2020 yil 19 avgustdagi qarorini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi shikoyat arizasini ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘tkazilayotgan sud jarayoni yakunlangani va sudda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi UzAuto Motors kompaniyasiga yutqazgani haqida xabar berilgandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev sud qarori bo‘yicha o‘z munosabatini bildirdi.

UzAuto Motors va uni qo‘llab-quvvatlovchilarning harak(j)atlari zoye ketmadi. Ular shuni istashdi, shu bo‘ldi, ular «bo‘l» dedi, bo‘ldi, «bo‘lma», desa, bo‘lmasdi.

Ularga qancha gul, pul, kuch, e’tibor kerak bo‘lsa, hammasi muhayyo. Faqat odamlarning ishonchi va hurmatidan tashqari... Ammo ular uchun bir chaqalik qiymati yo‘q ishonch va hurmatsiz ham ular g‘olib, buyuk va tengsiz bo‘lib qolaverishlari mumkin. Chunki ular «eski O‘zbekiston» bo‘la turib «yangi O‘zbekiston»ni mag‘lub eta oldilar.

Xullas, yangi O‘zbekistondagi «eski O‘zbekiston»ga «g‘alaba» muborak!

Sudga esa gap ham yo‘q.

Rasul Kusherbayev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Eslatib o‘tamiz, deputat Rasul Kusherbayevning tanqidlari ortidan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi 2020 yilning iyul oyida UzAuto Motors AJga nisbatan ish qo‘zg‘atgan edi. Qo‘mita kompaniya tomonidan «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunni buzish alomatlarini aniqlagan.

UzAuto Motors va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘rtasidagi sud jarayoni 2 oktyabr kuni boshlangan, 9 oktyabrda o‘tkazilgan sud majlisida UzAuto Motors tovarlar narxini shakllantirish maxfiy hujjatlarga asoslanganini bildirgan va sud 16 oktyabrdagi majlisda ishni yopiq tartibda ko‘rishni boshlagan.

Toshkent shahar ma’muriy sudining 2020 yil 30-oktyabrdagi hal qiluv qaroriga asosan arizachi UzAuto Motors AJning javobgar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga nisbatan maxsus komissiyasining 21/31-sonli ish bo‘yicha 2020 yil 19 avgustdagi qarorini haqiqiy emas deb topish haqidagi shikoyat arizasi qanoatlantirildi.

Sud jarayonlari orasida UzAuto Motors kompaniyasi turli bayonotlar qilib, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasini OAVga bosim o‘tkazayotganlikda aybladi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi esa UzAuto Motors’ni davlat organiga nisbatan axloqiy me’yorlardan chiqmagan holda mulohaza yuritishga chaqirdi. Yakunda UzAuto Motors’ning mazkur ayblovi o‘z tasdig‘ini topmadi.

Kiritildi: 09:22 31.10.2020. O'qildi: 4937 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!