Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Yangi O‘zbekiston bog‘i ro‘parasidagi daraxtlarni yoqib yuborgan "noma’lum shaxslar"ga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

A A A
Yangi O‘zbekiston bog‘i ro‘parasidagi daraxtlarni yoqib yuborgan "noma’lum shaxslar"ga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Deputat R.Kusherbayevning telegram kanalida Yashnobod tumanidagi Yangi O‘zbekiston bog‘i ro‘parasida daraxtlarning yonib, kesib ketilgan holati haqida ma’lum qilingandi.

Bu holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi quyidagilarni ma’lum qiladi: Yashnobod tumanidagi ushbu hudud "Musamuxamedova-Djurayeva Dilfuza" fermer xo‘jaligi maydoni bo‘lib, unda jami 533 tup, shundan 2 tup yong‘oq, 446 tup olxo‘ri, 83 tup terak daraxtlari bo‘lgan. Bu daraxtlar noma’lum shaxslar tomonidan yoqib yuborilgani aniqlangan va bu ish yuzasidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda Yashnobod tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:59 06.10.2022. O'qildi: 1829 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!