Bugun 31 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Yangi Toshkentni Toshkent bilan bog‘lovchi metro quriladi

Yangi Toshkentni Toshkent bilan bog‘lovchi metro quriladi

Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentda qurilayotgan transport infratuzilmasi bilan tanishdi.

Prezident, xususan, Chirchiq daryosi ustida qurilayotgan yangi ko‘prik, metro bekati bilan birlashtirilgan avtoturargoh barpo etish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Yangi ko‘prik Yangi Toshkentni Toshkent bilan, sutkada 40-50 mingta avtotransport o‘tkazish quvvatiga ega bo‘ladi. Ko‘prik orqali ikki tasmali tramvay yo‘li yotqizsh ham rejalashtirilgan.

Toshkent va Yangi Toshkentni bog‘lovchi metro yo‘nalishi uzunligi 21 km bo‘lib, unda 9 ta bekat bo‘ladi. U kuniga 230 ming nafar yo‘lovchi tashish quvvatiga ega bo‘ladi.

Kiritildi: 19:35 30.12.2025. O'qildi: 464 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!