Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Yangi Toshkent haqiqiy "yashil shahar" bo‘ladi

Yangi Toshkent haqiqiy "yashil shahar" bo‘ladi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent haqiqiy "yashil shahar" bo‘lishi shartligini yana bir bor ta’kidladi. Bu yerda quriladigan ob’ektlarga “yashil bino” standartlari qo‘llanmoqda. Shu bilan birga, sertifikat olish tadbirkorlar uchun qo‘shimcha xarajat ekani inobatga olindi.

Qiymati 50 million dollardan yuqori bo‘lgan noturar joy loyihalari uchun “yashil” sertifikat xarajatlari davlat tomonidan to‘liq qoplanadi. Investor sotib olgan har bir yer maydonining 30 foizini yashil hududga aylantirish talabi ham Yangi Toshkentdagi loyihalarga qo‘llanmaydi. Shaharning 30 foizini ko‘kalamzorlashtirish bosh reja asosida davlat tomonidan ta’minlanadi.

Yirik sarmoyadorlar bilan ishlashda ham yangi yondashuv joriy etiladi. Qiymati 50 million dollardan yuqori har bir loyihaga mas’ul biriktiriladi. U investorga ob’ekt ishga tushguniga qadar hamrohlik qilib, yuzaga keladigan masalalarni hal etishga ko‘maklashadi.

"50 million dollardan yuqori har bir loyihaga – bitta investisiya bitimi" tamoyili amal qiladi. Bitimda investorning majburiyatlari va tavakkalchiligi hisobga olinib, unga mos imtiyozlar paketi belgilanadi.

Kiritildi: 11:20 12.10.2026. O'qildi: 491 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!