2019 yil yanvar oyida Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinga bo‘lgan ishonch darajasi 32,2 foiz darajaga tushib, rekord o‘rnatdi. Bu haqda segodnya.ua xabar berdi.
Sosialistlarning ma’lum qilishicha, yanvar oyi o‘rtalarida Putinga aholining 33,4 foizi ishongan, biroq oyning oxirida ushbu ko‘rsatkich 32,2 foizga tushgan. Biroq siyosatchilar orasida u hali ham ishonchga sazovor.
Ikkinchi o‘rin mudofaa vaziri Sergey Shoyguga nasib qildi. Yanvar oyida uning reytingi 15,5 foizgacha ko‘tarildi.
Uchinchi o‘rinni tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov egallab turibdi, uning reytingi 9,3 foizdan 13,2 foizgacha ko‘tarildi.