Chilonzor tumani ichki ishlar organlariga 33 yoshli Baxtiyor M. murojaat qilib, joriy yilning 9 iyun kuni uning tanishi 43 yoshli Saidaxon M. unga yangi qurilgan uydan xonadon xarid qilishda yordam berishini va’da qilib, buning uchun 4.000 AQSh dollari olganligini ma’lum qildi. Saidaxon M. va’dasida turmasdan, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.
Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi («Firibgarlik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.