Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Yangi qonun kuchga kirdi: ba’zi tadbirkorlar uchun soliq yuklamalari yengillashdi

Yangi qonun kuchga kirdi: ba’zi tadbirkorlar uchun soliq yuklamalari yengillashdi

Ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi.

Qonun (O‘RQ-1063-son, 16.05.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Qonun hujjatlariga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, pivo va pivo ichimlimklari, shuningdek tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlar yig‘im turlari jumlasiga kiritildi.

Bunda pivo va pivo ichimlimklari, shuningdek tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik haqida vakolatli davlat organini xabardor qilingani to‘g‘risida tasdiqnomaga ega bo‘lgan yuridik shaxs hamda YATTlar ushbu yig‘imlarning soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.

Shuningdek, 2030 yil 1 yanvargacha parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan ozod etilishi belgilandi.

Bundan tashqari, 2027 yil 1 yanvargacha Kasaba uyushmalari Federasiyasi tizimidagi stasionar bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari quyidagi soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi:

bino va inshootlarni, yer uchastkalarini ijaraga berishdan olinadigan daromadlari bo‘yicha – foyda solig‘ini;

ijaraga berilgan ob’ektlar va ular egallagan yer uchastkalari bo‘yicha – mol-mulk solig‘i hamda yer solig‘ini.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Kiritildi: 10:58 17.05.2025. O'qildi: 1018 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!