Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Nipah yoki NiV virusi sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan pandemiya ehtimolini istisno etmaydi.
Al-Jazira telekanali Nipah bilan bog‘liq bir qator savollarga javob berarkan, infeksiyaning alomatlarini sanab o‘tdi.
Alomatlar
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, Nipah virusiga chalinganda bemorlarda quyidagi belgilar namoyon bo‘ladi:
1. Isitma;
2. Bosh og‘rig‘i;
3. Mushaklardagi og‘riq;
4. Ko‘ngil aynishi;
5. Tomoq og‘rig‘i;
6. Bosh aylanishi;
7. Uyquchanlik;
8. Kognitiv buzilish;
9. O‘tkir ensefalitni ko‘rsatadigan nevrologik belgilar;
10. Og‘ir nafas olish, shu jumladan o‘tkir nafas yetishmasligi;
11. Og‘ir holatlarda bemor 24-48 soat ichida komaga tushib qoladi.
Infeksiyadan simptomlar paydo bo‘lishigacha bo‘lgan vaqt 4 dan 14 kungachadir.