Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Yangi Namangan, Chilonzor va Baliqchi tumanlarida o‘qishga kiritish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

Yangi Namangan, Chilonzor va Baliqchi tumanlarida o‘qishga kiritish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangi Namangan tumani bo‘limi va DXXning viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.U. boshqa bir fuqaro S.ni tanishlari orqali Namangan davlat universitetining “Psixologiya” fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yish va o‘qishni 3-kursdan boshlashi evaziga 7 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand davlat universiteti talabasi R.T. fuqaro A.ni Qirg‘iziston Respublikasidagi Zamonaviy xalqaro universitetga o‘qishga kiritib, keyinchalik o‘qishini 2-bosqichdan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga ko‘chirib berishni va’da qilib, evaziga 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Baliqchi tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Baliqchi tumani Tibbiyot kolleji talabasi G.X. fuqaro G.ni ushbu kollejga tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, evaziga 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:06 25.05.2022. O'qildi: 1881 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!