Hollivudda yangi Jeyms Bond rolini ijro etadigan aktyorni tanlash jarayoni rasman boshlandi.
Amazon MGM Studios kompaniyasi bayonotiga ko‘ra, agent 007 uchun kastinglar allaqachon bir necha haftadan buyon davom etmoqda.
So‘nggi besh filmda Jeyms Bond obrazini gavdalantirgan Deniyel Kreyg franshizani tark etganidan keyin, muxlislar orasida yangi Bond kim bo‘lishi haqidagi muhokamalar yanada kuchaydi.
Ayni paytda britaniyalik aktyor Kallum Tyorner asosiy favoritlardan biri sifatida tilga olinmoqda.
Ma’lum qilinishicha, yangi filmni «Dyuna» rejissyori Deni Vilnyov suratga oladi, ssenariyni esa «Peaky Blinders» muallifi Stiven Nayt yozadi.
Kasting ishlariga Hollivudning mashhur kasting direktori Nina Gold rahbarlik qilmoqda. U avval «Paddington», «Star Wars», «Jurassic Park» va «Mamma Mia!» kabi yirik loyihalarda ishlagan.