Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Yangi Hyundai Tucson Tesla uslubidagi planshetga ega bo‘ladi

A A A
Yangi Hyundai Tucson Tesla uslubidagi planshetga ega bo‘ladi

Dastlab krossover surati The Korean Car Blog saytida paydo bo‘lgan, biroq yangilik tezda o‘chirib tashlangan. Shu sababli surat manbasi hozirda Avstraliyaning Car Advice sayti bo‘lib qolmoqda. Taxminlarga ko‘ra, bu Tucson’ning Xitoy bozori uchun mo‘ljallangan maxsus versiyasi bo‘lgan.

Hyundai Tucson 2020 yilning oxiri yoki 2021 yilning boshlariga borib eski avlodni almashtirishi kutilmoqda. Krossover 3,0 litrli Theta3 turbomotori bilan jihozlangan bo‘lib, sakkiz pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan boshqariladi. Shuningdek, model birinchi bor elektr quvvatlantirish funksiyali gibrid modifikasiyaga ega bo‘ladi. Gibrid nusxalari Yevropa bozorlariga mo‘ljallangan.

Yangi Hyundai Tucson Tesla uslubidagi planshetga ega bo‘ladi

Foto: The Korean Car Blog

Bundan tashqari, yangi model ichidan xuddi yangi Elantra’niki kabi 10,25 dyuymli virtual qurilmalar paneli va transmissiya selektorining tugmali «pult»lari o‘rin olgan.

Hyundai kompaniyasi to‘rtinchi avlod Tucson’ni sinovdan o‘tkazishni boshlagan, biroq bu muammosiz o‘tmayapti. May oyidagi testlarda krossover harakat vaqtida beshta g‘ildirak gaykalarining uchtasini yo‘qotgan.

Kiritildi: 16:20 01.07.2020. O'qildi: 2043 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!