Bugun 25 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Yangi haftaning ilk kunidan qanday ob-havo kutyapsiz?

A A A
Yangi haftaning ilk kunidan qanday ob-havo kutyapsiz?

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 30 iyul kuni mamlakat bo‘ylab qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.
         
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havo harorati kechasi +18...+20, kunduzi +35...+37 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 3-8 m/sga yetadi.
 
Farg‘ona vodiysida havo biroz bulutli bo‘lib, kechasi +17...+22, kunduzi +31...+36 daraja bo‘lishi kutilmoqda. 5-10 m/s tezlikda shamol esadi.
 
Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo harorati kechasi +17...+22, kunduzi +32...+37 daraja bo‘lib, havo o‘zgarib turadi, 3-8 m/s tezlikda shamol esadi.
 
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati kechasi +18...+23, kunduzi +33...+38 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 3-8 m/sni tashkil etadi.
 
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo harorati kechasi +20...+25, kunduzi +33...+38 darajagacha ko‘tariladi. 3-8 m/s tezlikda shamol esadi.
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo harorati kechasi +18...+23, kunduzi +33...+38 daraja bo‘ladi. 3-8 m/s tezlikda shamol esadi.
 
Qamchiq dovoni va Chimyonda kechasi +12...+17, kunduzi esa +22...+27 daraja bo‘ladi. 5-10 m/s tezlikda shamol esib, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

Manba: qalampir.uz

Kiritildi: 16:33 29.07.2018. O'qildi: 1842 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik