Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Yangi Habib" Makgregorni nogironlik aravachasiga mixlab qo‘yadi!"

"Yangi Habib" Makgregorni nogironlik aravachasiga mixlab qo‘yadi!"

Menejer Ali Abdel-Azizning fikriga ko‘ra, irlandiyalik aralash yakkakurash jangchisi (MMA) Konor Makgregor shved jangchisi — "Yangi Habib" deb nom olgan Hamzat Chimayev bilan kurasha olmaydi.

“Chimayev uni nogironlar aravachasiga mixlab qo‘yadi. Umuman olganda, men muvozanatsiz sportchilar bilan janglarni tashkil qilmagan bo‘lardim. Konor ham shulardan biri", — dedi Abdel-Aziz. U oktagonda irlandiyalik jangchining mag‘lub bo‘lishini bashorat qildi. "Hamzat uni shunchaki o‘ldiradi", deb qo‘shimcha qildi menejer.

Abdel-Aziz — Chimayev va Habib Nurmagomedovning vakili hisoblanadi. Chimayev o‘n kun ichida ikkita g‘alabali jang o‘tkazgan va 20 sentyabr kuni 17 soniyada amerikalik Jerald Mirshertni nokautga uchratgan. Shunday qilib, shved 66 kun ichida uchta g‘alaba bilan UFC rekordini o‘rnatdi.

Kiritildi: 15:50 22.09.2020. O'qildi: 3821 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!