Bugun 22 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Yangi elektron kutubxona tizimi

A A A
Yangi elektron kutubxona tizimi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Milliy umumta’lim elektron kutubxona” loyihasini amalga oshirish va respublikamizda elektron axborot-kutubxona tizimini rivojlantirish istiqbollari” mavzuida davra suhbati tashkil etildi.

Unda mutasaddi tashkilot vakillari, respublikamizdagi axborot-kutubxona markazlari xodimlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori L.Tangriyev, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Abduazizov, “Milliy umumta’lim elektron kutubxona” loyihasi boshqaruvchisi Tomas Kim va boshqalar ta’kidlaganidek, mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yosh avlodning ongu tafakkuri, intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning kitobxonlik madaniyatini oshirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kunda “Milliy umumta’lim elektron kutubxona” loyihasini texnik jihatdan ta’minlash ishlari Koreya Respublikasining LG CNS kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Loyiha Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Raqamlashtirish va skanerlash”, “Multimedia” markazlari tashkil etishni ko‘zda tutadi. Ayni paytda zarur texnik jihozlash ishlari yakuniga yetmoqda.

Tadbirda qayd etilganidek, “Milliy umumta’lim elektron kutubxona” mamlakatimizda ilm-fanni yanada rivojlantirish, turli yo‘nalishlarda tadqiqotlar olib borish imkonini beradi. Markaz ishga tushgach, Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda olimlar va tadqiqotchilar, talab-yoshlar uchun seminarlar, davra suhbatlari o‘tkazish rejalashtirilgan.

Manba; uza.uz
Kiritildi: 06:30 28.07.2018. O'qildi: 3007 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik