Bugun 15 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Yangi Bankning lisenziyasi bekor qilindi

Yangi Bankning lisenziyasi bekor qilindi

Markaziy bankka ko‘ra, Yangi Bank ustav kapitali miqdorini belgilangan minimum darajaga yetkazmagan, shuningdek, qonunchilikdagi ayrim talablarni bajarmagan. Bankning 32 526 ta omonatchisidan 31 153 tasiga davlat tomonidan kafolatlangan omonat mablag‘lari to‘liq qaytariladi, 373 ta haqdor esa omonatining 200 mln so‘mdan ortiq qismini qonunchilikda belgilangan tartibda qaytarib olishi mumkin.

O‘zbekiston Markaziy banki Boshqaruvining 15 yanvardagi qarori bilan, “Yangi Bank” AJ faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziyasi chaqirib olindi.

“Mazkur qaror bank faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar yetarli darajada samara bermagani, jumladan, ustav kapitali miqdorini qonunchilikda belgilangan eng kam talablar darajasiga yetkazilmaganligi, shuningdek, banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan ayrim talablar bajarilmaganligi sababli qabul qilindi”, – deyiladi MB axborotida.

MB qarori bilan, bank faoliyatini belgilangan tartibda tugatish belgilandi va tugatish komissiyasi tayinlandi.

Kiritildi: Bugun 12:35. O'qildi: 382 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!