Ukrainaning uchuvchisiz uchish apparatlari (BPLA) tomonidan tunda amalga oshirilgan hujum natijasida Rossiyaning Vladimir viloyatidagi «Yandeks» kompaniyasiga tegishli data-markaz shikastlandi va o‘z faoliyatini to‘liq to‘xtatdi.
Viloyat gubernatori Aleksandr Avdeev Vladimir shahri atrofidagi infratuzilmaga zarba berilganini tasdiqladi. Bu yong‘in chiqishi va elektr ta’minotining qisman uzilishiga sabab bo‘lgan.
Ob’ektning to‘xtashi Yandex Cloud, «Yandeks Go», «Yandeks Pey», «Kinopoisk» va «Yandeks Yeda» xizmatlari ishida keng ko‘lamli uzilishlarga olib keldi. Shuningdek, Lamoda, «Sian», «M.Video», «Vkusno — i tochka», Pulkovo aeroportining veb-sayti va War Thunder xalqaro o‘yin serverlarini o‘z ichiga olgan o‘nlab boshqa platformalar faoliyati ham izdan chiqdi.
Xizmatlardagi uzilishlar haqida nafaqat Rossiya hududlaridan, balki Belarus, Qozog‘iston, Gruziya, Armaniston, Qirg‘iziston va Serbiyadagi foydalanuvchilardan ham xabarlar kelib tushgan.
Vladimirdagi ob’ektga berilgan zarba kompaniyaga tegishli beshta data-markazdan uchinchisining hujumga uchrashi bo‘ldi.
8 oktyabr — Ryazan viloyatining Sasovo shahridagi ob’ektda yong‘in chiqdi.
9 oktyabr — Kalugadagi data-markaz hujumga uchradi.
12 oktyabr arafasida — Vladimir viloyatidagi ob’ekt shikastlanib, ishini to‘liq to‘xtatdi.
Kompaniya matbuot xizmati qoidalar barcha xizmatlarda qonunchilik talablariga muvofiq bir xil shaklga keltirilganini tushuntirdi.
Shu bilan birga, ekspertlar va ixtisoslashgan ommaviy axborot vositalari uskunalarni tezkor tiklash jahon bozoridagi mikrochiplar va yuqori tezlikdagi xotira qurilmalari tanqisligi tufayli qiyinlashishi mumkinligini ta’kidlamoqda.