Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Yana tayfun: Yaponiyada 100 ming odam evakuasiya qilinadi

Yana tayfun: Yaponiyada 100 ming odam evakuasiya qilinadi

Yaponiyaning janubi-g‘arbidagi Miyazaki prefekturasining 100 mingdan ortiq aholisi “Xayshen” tayfuni yaqinlanishi sabab, evakuasiya qilish bo‘yicha tavsiya oldi. 

“Evakuasiya bo‘yicha tavsiyalar Xyuga va Kobayashi shaharlari aholisiga ham berildi. Tayfun yaqinlashayotgani sababli, mamlakatning janubi va janubi-g‘arbiy qismini Yaponiyaning qolgan qismi bilan bog‘laydigan 550 dan ortiq ichki reyslar allaqachon bekor qilindi”.

“Xayshen” endi Yaponiyaning janubiy Okinava prefekturasiga qarab harakat qilmoqda.

Meteorologlar tayfun rekord darajada yog‘ingarchilik va bo‘ronli shamol olib kelishi mumkinligini ma’lum qilishgan.

Sinoptiklarning fikriga ko‘ra, siklon yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi Yaponiyaning janubida boshlanadi.

Kiritildi: 15:34 06.09.2020. O'qildi: 1761 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!