Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Yana Samarqand. Yana jinoyat. Bu safar tungi 00:30

Yana Samarqand. Yana jinoyat. Bu safar tungi 00:30

Samarqand. 2020 yilning 21 mart kuni 27 yoshli A.Q., ariza bilan Urgut tuman bo‘yicha IIO FMBga murojaat qilib, o‘z arizasida 2020 yilning 19 mart kunidan 20 mart kuniga o‘tar kechasi soat 00:30 larda o‘ziga fotiha qilingan Urgut tuman Ipakli mahallasida yashovchi qizi bilan uchrashib qaytib kelayotganida mahalla ichki yo‘lidan yolg‘iz o‘zi kelayotganligini ko‘rib qolgan 22 yoshli X.Q., S.S., E.SH. va A.F.,lar uning yo‘lini to‘sib, har xil so‘zlar bilan haqorat qilib, urib do‘pposlab, A.Q.,ga tan jarohati yetkazib, yonida bo‘lgan bir dona bahosi 400.000 so‘mlik “Samsung J-1” rusumli telefon apparati, bahosi 50.000 so‘mlik Bluetooth quloqchinlari va bir dona bahosi 30.000 so‘mlik 4 GB sig‘imga ega bo‘lgan elektron xotira moslamasini tortib olib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringanligini va ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida, X. Q., dan “Samsung J-1” rusumli uyali aloqa vositasi, S.S., dan Bluetooth quloqchinlar, E.SH., dan bir dona “4 GB” sig‘imga ega bo‘lgan elektron xotira moslamasi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Urgut tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.Q., X.S., E.SH. va A.F.,lar gumon qilunuvchi tariqasida jalb qilinib, prosessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 23:28 24.03.2020. O'qildi: 4409 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!