Bosh prokurutura huzuridagi Departamentning Amudaryo tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Z.T.” fermer xo‘jaligi rahbari bank muassasasidan kombayn sotib olish uchun ajratilgan 380 mln so‘m kredit mablag‘ini “Q.” agrofirmasi orqali tanishlarining bank kartalariga o‘tkazib olib, talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.