Bugun 20 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Yana bir murabbiyda koronavirus aniqlandi

A A A
Yana bir murabbiyda koronavirus aniqlandi

«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone koronavirusga chalindi.

Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 11 sentyabr kuni o‘yinchi, murabbiy va xodimlar COVID-19 uchun test topshirishgan. Simeoneda ijobiy natija chiqqan. Ammo argentinalik murabbiyda virusning hech qanday alomatlari yo‘q, u uyida izolyasiyada bo‘lib turibdi.

Avvalroq jamoa hujumchisi Diyego Kosta va himoyachi Santyago Arias ham koronavirus yuqtirib olgani xabar qilingandi. 

Ma’lumot uchun, «Atletiko» o‘tgan mavsumda La Ligada 70 ochko to‘plab, 3-o‘rinni egallagan.

Kiritildi: 11:19 13.09.2020. O'qildi: 3116 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!