Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Yana bir davlat "Google"ni jarimaga tortdi

Yana bir davlat "Google"ni jarimaga tortdi

Fransiya antimonopoliya regulyatori Google kompaniyasiga 220 million yevro jarima soldi.

"Antimonopoliya organi Google kompaniyasiga onlayn-reklama bozorida o‘z xizmatlarini ilgari surgani uchun 220 million yevro jarima belgiladi", - deyiladi monopoliyaga qarshi kurashish organi xabarida.

Avvalroq Italiyada Google bozordagi ustunlikni suiiste’mol qilgani uchun 102 mln yevro jarimaga tortilgandi.

Market Watch agentligining ma’lumot berishicha, Google kompaniyasiga egalik qiluvchi Alphabet holdingi kapitalizasiyasi 1,622 trillion dollarni tashkil etgan.

Google kompaniyasiga Android va YouTube, Google Life Sciences, Calico, Sidewalk Labs, Nest, Google Ventures, Google Capital va Google X kabilar tegishli bo‘lib, xodimlari soni 103 mingdan oshadi.

Kiritildi: 16:25 07.06.2021. O'qildi: 2935 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!