Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Yana avtobus ag‘darilishi: Qozog‘istonda 45 nafar yo‘lovchi bo‘lgan avtobus “quladi”. Ular orasida o‘zbekistonliklar ham bor

Yana avtobus ag‘darilishi: Qozog‘istonda 45 nafar yo‘lovchi bo‘lgan avtobus “quladi”. Ular orasida o‘zbekistonliklar ham bor

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatidagi Karabutak—Kostanay trassasida 25 fevral kuni 45 nafar yo‘lovchi — O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi.

Hodisa vaqtida avtobus ichida bo‘lganlardan biri «Kun.uz»ga ma’lum qilishicha, Chimkentdan Yekaterinburgga qarab yo‘lga chiqqan avtobus yo‘l muzlashi tufayli ag‘darilgan, uning ichida o‘ndan ortiq o‘zbekistonliklar bo‘lgan.

Yo‘lovchilar orasida jarohatlanganlar yo‘q. Mahalliy huquq-tartibot idoralari tashabbusi bilan yo‘l transport hodisasi ishtirokchilari mehmonxonaga joylashtirilgan.

Hozircha ushbu hodisa yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yoki Transport vazirligi munosabat bildirmagan.

Qozog‘istondagi mahalliy nashrlar ushbu YTH haqida ma’lumot berib, avtobusdagi yo‘lovchilarning barchasi Tojikiston fuqarolari ekanini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 12:21 28.02.2020. O'qildi: 2431 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!