Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Yana 88 kishida koronavirus aniqlandi

Yana 88 kishida koronavirus aniqlandi

2020 yil 30 oktyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 66 542 (+88) nafarni tashkil etmoqda. 

Yangi kasallanish holatlarining: 
— 7 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 
— 11 nafari Jizzax viloyatida, 
— 4 nafari Qashqadaryo viloyatida, 
— 3 nafari Navoiy viloyatida, 
— 21 nafari Namangan viloyatida, 
— 7 nafari Surxondaryo viloyatida, 
— 9 nafari Farg‘ona viloyatida, 
— 7 nafari Toshkent viloyatida, 
— 19 nafari Toshkent shahrida koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. 

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 63 713 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.
 
Hozirda mamlakatimizda 2 267 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 10:04 30.10.2020. O'qildi: 2084 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!