Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Yana 7 mamlakat Belorussiya uchun osmonlarini yopdi

Yana 7 mamlakat Belorussiya uchun osmonlarini yopdi

Evropa Ittifoqining Belorussiya aviatashuvchilari uchun osmonlarini yopish to‘g‘risidagi qaroriga yetti mamlakat qo‘shildi.

"Ushbu qarorga Yevropa Ittifoqiga nomzod mamlakatlar - Yevropa iqtisodiy hududiga a’zo Shimoliy Makedoniya Respublikasi, Chernogoriya, Serbiya va Albaniya, shuningdek, Islandiya, Lixtenshteyn va Norvegiya qo‘shildi", deyiladi Yevropa Ittifoqi kengashining bayonotida.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi Belorussiyaga qarshi Belorussiya eksportiga qaratilgan sanksiyalarning to‘rtinchi paketini qabul qilishi ma’lum bo‘lgandi. Sanksiyalar Yevropa Ittifoqining 24-25 iyun kunlari sammitida qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Belorussiya samolyotlarining Yevropa Ittifoqi havo hududida parvoz qilishlari va ularni Yevropa aeroportlariga qabul qilishni taqiqlash 5 iyundan boshlab amal qiladi. Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishelning ta’kidlashicha, Belorussiyaga qarshi bosim choralari uning rasmiylari muxolifat Roman Protasevichni ozod qilguniga qadar qo‘llaydi.

Kiritildi: 18:36 21.06.2021. O'qildi: 2141 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!