Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Yakkasaroyda tadbirkorning pullarini qo‘lga kiritgan firibgar aniqlandi

Yakkasaroyda tadbirkorning pullarini qo‘lga kiritgan firibgar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman bo‘limi tomonidan “S.Y.” xususiy korxonasining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan fuqaro A.N. xususiy korxona rahbari S.ning ishonchiga kirib, unga tibbiy buyumlarni olib berishini va’da qilib, korxonaning 331,7 mln so‘m mablag‘larini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritib, shundan 183 mln so‘mni qaytarib, qolgan 148,7 mln so‘mni qaytarmasdan o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:01 08.06.2021. O'qildi: 1783 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!