Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syan ikki kunlik rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.
Bugun, 17 oktyabr kuni “Toshkent-Humo» xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Shu yerning o‘zida Xitoy Bosh vazirini rasmiy kutib olish marosimi tashkil etildi.