The New York Times XXI asrning eng yaxshi seriallari bo‘yicha yirik reytingni taqdim etdi.
Ro‘yxatni shakllantirishda televideniye va kino industriyasining 500 dan ortiq vakili ishtirok etgan. Ular orasida aktyorlar Elizabet Moss, Adam Skott, Brayan Krenston, Rouz Birn, Kolman Domingo va Jeyson Beytman, shuningdek, Deymon Lindelof, Lena Danem, Lena Ueyt va Noa Xouli kabi shourannerlar bor.
Reytingga premyerasi 2000 yil 1 yanvardan keyin bo‘lib o‘tgan seriallar kiritilgan.
Birinchi o‘rin "Mashaqqatlar sari" serialiga nasib etdi. "Yashirincha tinglash" ikkinchi, "Telbalar" esa uchinchi o‘rinni egalladi.
Kuchli o‘ntalikka "Merosxo‘rlar", "Yaramas", "Taxtlar o‘yini", "Vise-prezident", "30-studiya", "Ishtiyoqingni bos" va "Atlanta" kabi mashhur loyihalar ham kiritildi.
Reytingning keyingi yuqori pog‘onalaridan Amerikaning "Ofis", "Qizlar", "Juma oqshomi chiroqlari", "Mijoz har doim o‘lik", "Amerikaliklar", "Chernobil", "Toj", "Oq nilufar", "Tirik qolish", "Dedvud" va boshqa seriallar joy olgan.
Shuningdek, 100 talik ro‘yxatdan "Qora ko‘zgu", "Soulga qo‘ng‘iroq qiling", "Pitt", "Shelbilar oilasi" kabi seriallar ham o‘rin oldi.