Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari musobaqalarida 26 avgust kuni qatnashuvchi sportchilarimiz ro‘yxati

A A A
XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari musobaqalarida 26 avgust kuni qatnashuvchi sportchilarimiz ro‘yxati

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida bo‘lib o‘tayotgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarining 26 avgust kunidan o‘rin olgan musobaqalarida 18 nafar sportchilarimiz yakkalik va jamoa holda 7 sport turi bo‘yicha bahs olib borishadi.

Musobaqalar, ularning Toshkent vaqti bilan boshlanish soatlari hamda unda ishtirok etuvchi sportchilar bilan tanishtiramiz.

Engil atletika.

  • E.Smolyanova. Yadro uloqtirish. 16:30
  • N.Sharipova. 100 m.ga yugurish. Yarimfinal. 16:30. Final. 19:10
  • S.Xodjayev. Bosqon uloqtirish. Final. 18:35

Golf. 04:00 – 16:00

  • K.Kubanaliyev, S.Chen, R.Ten, Ye.Li. Jamoaviy final bosqichi

Karate. WKF  

  • S.Saymatov. 60 kg. Saralashdan – finalgacha. 08:30 – 10:00, 10:00 – 11:00
  • I.Uzoqov. 67 kg. Saralashdan – finalgacha. 12:00 – 13:30, 15:00 – 16:00
  • B.Mirzayeva. 61 kg. Saralashdan – finalgacha. 13:30 – 15:00, 19:00 – 20:00

Jiu-jitsu. 07:00 – 10:30, 13:00 – 15:00

  • M.Sharipov, U.Otamurodov. 77 kg. Saralashdan – finalgacha

Boks

  • J.Latipov. 52 kg. Saralash. 11:00
  • SH.Abdurasulov. 60 kg. Saralash. 12:30
  • B.Baturov. 69 kg. Saralash. 18:45

Penchak silat

  • Abdumalik Salimov. 65 kg. Yarimfinal. 08:00

Og‘ir atletika

  • Omadoy Otaqo‘ziyeva. 75 kg. Final. 12:00
  • Ruslan Nuriddinov. 105 kg. Final. 15:00

25 avgust kuni bo‘lib o‘tgan oltinchi kungi musobaqalarda tennischimiz Denis Istomin finalda xitoylik Vu Yibingga qarshi kortga chiqib, taybrekda g‘alaba qozondi — 2:6, 6:2, 7:6.

U O‘zbekiston tennis jamoasi safida Osiyo o‘yinlarida medal olgan yagona sportchi bo‘ldi.

Istominning medali O‘zbekiston delegasiyasi hisobidagi beshinchi oltin medal bo‘ldi. Ayni vaqtda Osiyo o‘yinlari umumiy reytingida O‘zbekiston delegasiyasi 5 oltin, 10 kumush va 7 bronza bilan o‘ninchi o‘rinda joylashgan.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 06:46 26.08.2018. O'qildi: 2371 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!