Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

XVF iqtisodiyotdagi inqirozga qarshi kurashish uchun barcha zaxirasini safarbar qilishga tayyor

XVF iqtisodiyotdagi inqirozga qarshi kurashish uchun barcha zaxirasini safarbar qilishga tayyor

Xalqaro valyuta fondi mamlakatlarga koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozni yengib o‘tishda yordam berish uchun o‘zining 1 trln dollarlik zaxirasidan foydalanishga tayyor, deb xabar berdi “Korrespondent”.

“Aslida, fondimizning 75 yillik tarixi davomida hech qachon bunchalik ko‘p mamlakat favqulodda moliyaviy yordamga muhtoj bo‘lmagan. 85 davlatning barchasi bir vaqtning o‘zida bizga murojaat qildi”, - dedi XVF rahbari Kristalina Georgiyeva.

Uning ta’kidlashicha, rivojlanayotgan davlatlar inqirozga qarshi kurashish uchun mablag‘ yetishmasligi tufayli eng ko‘p zarar ko‘rmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2008-2009 yillardagi inqiroz davrida vaziyat ancha yaxshi bo‘lgan.

“Biz Xalqaro valyuta fondi tarixida hech qachon global iqtisodiyotning to‘xtashini ko‘rgan emasmiz. Biz tanazzulga yuz tutmoqdamiz, bu global iqtisodiy inqirozdan ham battar”, dedi Georgiyeva.

 

Kiritildi: 10:20 06.04.2020. O'qildi: 2467 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!