Biroz avval “Aurum 898” tungi klubi faoliyati to‘xtatilgani va nomi peshtoqdan olib tashlangani haqida xabar qilgan edik.
Ushbu xabarda bugun, 13 avgust kuni Toshkent shahridagi bir qator tungi klublarda reyd o‘tkazilishi aytilgandi.
“Qalampir.uz” to‘plagan ma’lumotlarga qaraganda, huquq-tartibot organlari xodimlarining navbatdagi manzili – Toshkentning Yunusobod tumanida joylashgan “Like bar”.
Bu maskan ham poytaxtliklar tilida ancha mashhur. Ishratxona tungi soatlar ishlashi, tarbiyasiz raqqosalari bilan tilga tushgan. Bu yerda ham ko‘plab jinoyatchiliklar aniqlangan, hatto, qonli voqealar ham.
“Like bar”ning yopilishi bugungacha bu ishratxonada aniqlangan huquqbuzarliklar va aholining murojaatlari asosida amalga oshirilmoqda.