Bugun 20 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Xo‘jayli tumanida MCHJ nomidagi mulklarni sotib yuborgan firibgarlar aniqlandi

A A A
Xo‘jayli tumanida MCHJ nomidagi mulklarni sotib yuborgan firibgarlar aniqlandi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xo‘jayli tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “K.M.” va “N.S.” MCHJlarning sobiq rahbarlari oldindan til biriktirib, “K.M.” MCHJning 51,9 foiz ulushi “L.F.” MCHJga tegishli bo‘lishiga qaramasdan, MCHJning umumiy qiymati 991,7 mln so‘mlik ishlab chiqarish sexi va qo‘shimcha imoratlarini soxta yig‘ilish bayonnomasini rasmiylashtirib, qalbaki hujjatlar orqali firibgarlik yo‘li bilan fuqaro S.S.ning nomiga o‘tkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:00 04.12.2021. O'qildi: 2198 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!