Koronavirus bilan og‘riganlar Xren o‘simligidan foydalanib, sog‘aygani haqida ma’lumotlar qanchalik to‘g‘ri? Bu qanchalik ilmiy asosga ega va mazkur o‘simlik koronavirus infeksiyasidan xalos bo‘lishda yordam beradimi? Savollarga O‘zA nashri mutaxassis fikrini taqdim etdi.
– Xren o‘simligi tarkibida ko‘plab vitaminlar, jumladan, A , Ye, V guruh vitaminlari mavjud bo‘lib, aminokislotalar va minerallarga boy, – dedi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Feruza Hamroboyeva. – U koronavirus infeksiyasida asosiy dori vositalari bilan bir qatorda ishlatilishi mumkin, ammo monoterapiya sifatida yordam bermaydi!