Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Xotini yuzini ochmasligi uchun 500 dinordan voz kechdi, xotini esa...

Xotini yuzini ochmasligi uchun 500 dinordan voz kechdi, xotini esa...

Xatib Bag‘dodiy rahimahulloh o‘zining "Tarixi Bag‘dod" kitobida keltiradi:

"Ray shahrida qozi Muso ibn Ishoqning huzuriga bir ayol vakili bilan keldi. Vakili qoziga bu ayolning erining gardanida 500 dinor mahri borligini, uni eri bermaganini aytdi. 

Eri esa qozining oldida buni inkor qildi.

Qozi ayolning vakiliga guvohlar bor-yo‘qligini so‘radi. Vakil guvohlarni olib kelganini aytdi. 

Qozi guvohlardan biridan ayolning yuziga qarashini so‘radi. Guvoh turdi. Qozi ayolga ham "tur" dedi. Ayol turdi. Shunda ayolning eri:

- Nima qilayapsizlar? deya so‘radi.

Qozi:

- Guvohlar xotiningni tanishlari uchun yuziga qarashlari lozim, dedi.

Er:

- Men qozi janoblarini guvoh qilib aytamanki, xotinimning mening gardanimda 500 dinor mahri bor, dedi.

Shunda xotini dedi:

- Men ham qozi janoblarini guvoh qilib aytamanki, erimning gardanidagi 500 dinor mahrimdan voz kechdim. Dunyo va oxiratda uni qarzdan ozod qildim!

Qozi ularning rashkini ko‘rib:

"Bu go‘zal axloqlar sirasida yozib qo‘yiladi", dedi.

Kiritildi: 11:22 18.02.2020. O'qildi: 5474 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!