Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

​Xotin-qizlar qo‘mitasi qayni ukasi tomondan 16 marta pichoqlangan homilador ayolni o‘z himoyasiga oldi

​Xotin-qizlar qo‘mitasi qayni ukasi tomondan 16 marta pichoqlangan homilador ayolni o‘z himoyasiga oldi

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi o‘z tashabbusi bilan ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama bo‘layotgan qayni ukasi tomonidan 16 marta pichoq urilgan homilador ayolning sud jarayonida ishtirok etishni maqsadga muvofiq deb topdi.

Xotin-qizlar qo‘mitasi vakili jamoatchi himoyachi sifatida qatnashib, ayolning qonuniy huquqlarini himoya qiladi.

Yuz bergan hodisa oqibatlari mudhish tugashi mumkin edi, biroq besh soatlik jarrohlik amaliyoti ayolni hayotga qaytardi, mo‘’jiza bilan ona ham homila ham saqlab qolindi.

14 fevral kuni ayol kesarcha kesish orqali farzandini dunyoga keltiradi.

Sud o‘z qarorini 12 fevral kuni e’lon qiladi.

Kiritildi: 11:59 11.02.2019. O'qildi: 1869 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!