Bugun 23 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Xotin qizlar qo‘mitasi otalar kunini bayram tariqasida kiritmoqchi

Xotin qizlar qo‘mitasi otalar kunini bayram tariqasida kiritmoqchi

Xotin qizlar qo‘mitasi O‘zbekistonda alohida e’tibor bilan nishonlanadigan sanalar qatoriga otalar kunini kiritish kerakligini taklif qilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining axborot xizmati xabarida keltirilgan.

“Bizga balki “Otalar kuni” kerakdir. Chunki belgili sanalar odamga insonni qadrlashni o‘rgatadi, butun xalqning ongi va ruhiyatiga belgili kunga amal qilishni, shu sanani ma’rifiy odat tarziga aylantirishni singdiradi”, deyiladi xabarda.

Qo‘mita shuningdek, bugungi globalizasiya davrida “ota” degan ulug‘ nom qadrsizlanib borayotganligiga ishora qilib, farzand tarbiyasida otaning roli kamayib ketgani, oilada ota maqomini tiklash kerakligi, erkak pedagoglar o‘quv dargohlarida kamligi bois otalarcha tarbiya usullari qo‘llanilmayotganiga to‘xtalgan.

 

Kiritildi: 15:44 12.12.2019. O'qildi: 2035 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!