Fransiya terma jamoasi futbol bo‘yicha “JCH-2018”ning ilk finalchisi bo‘ldi. Uning finaldagi raqibi esa bugun Xorvatiya-Angliya bahsidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
“FaktXabar” saytining bildirishicha, Serbiyaning hokim partiyasi deputati Vladimir Jukanovich serbiyalik mashhur tennischi Novak Jokovichning Xorvatiyani qo‘llab-quvvatlamoqchi ekani haqidagi intervyusini hazm qilolmagan. U mashhur tennischining qarashlarini keskin tanqid qilgan: “Faqat nodonlargina Xorvatiya terma jamoasiga muxlislik qiladi. Demak, Novakni tushunsa bo‘ladi».