U orqali 10 ga yaqin tillarni o‘zlashtirish mumkin.
Kecha, 2 mart kuni Toshkent shahrida “Speakingclub.uz” platformasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Ushbu platforma 5 yoshdan yuqori barcha til o‘rganuvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, darslarga xorijiy tillar bo‘yicha malakali o‘qituvchilar jalb qilinadi.
Ta’kidlanishicha, platformada bosqichga mos tarzda guruh va o‘qituvchi tanlash imkoniyati yaratilgan.
Shuningdek, 10 ga yaqin tillar bo‘yicha darslarni o‘quvchi o‘ziga qulay vaqtda tomosha qilishi mumkin.