Pul birliklari insoniyat hayotining ikkinchi yarmi hisoblanadi. Kupyuralarda ayollar portreti XIX asrda paydo bo‘lgan deyish mumkin. Bugunga kelib ushbu an’ana muvaffaqiyatli tarzda davom etmoqda.
Aytish mumkinki, banknotlarda eng keng tarqalgan xonim — Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning suratidir. Uning surati bilan Buyuk Britaniya hamda Britaniya Hamdo‘stligi davlatlari — Avstraliya, Kanada va boshqalarda kupyuralarni bezashadi.
Ta’kidlash kerakki, ingliz dvoryanlari an’analarga sadoqati bilan ajralib turadi. Ammo zamon bilan hamnafaslikni ham unutishmaydi – qirolichaning shaxsiy veb-blogi mavjud. Boshqa tomondan u Vindzor saroyida mobil telefonlardan foydalanishni taqiqlaganini ham unutmaslik kerak. Besh funtli kupyura esa boshqa hurmatli Yelizavetaning rasmi bilan ziynatlangan. Xonim ijtimoiy faolligi va qamoqxona tizimi reformatori sifatida mashhur.
Uchinchi mingyillikka o‘tishda ko‘plab davlatlar maxsus banknotlar chiqarishdi. Shu qatori Shotlandiya ham yangi 20 talik shotland funtini ona qirolichaning surati bilan bezadi. Shuningdek, 10 funtlikda mashhur hamshira Florens Naytingeylni ko‘rish mumkin.
Evro Ittifoqda yevro joriy etilguncha ko‘plab Yevropa davlatlari pullarini ziynatlashda xonimlarga murojaat qilishardi. Jumladan, italyan lirasida pedagog Mariya Montessori tasvirlangan bo‘lsa, 500 talik fransuz frankini ikki karra Nobel mukofoti sohibasi Mariya Skladovskaya Kyuri portreti bezab turardi.
Pianinochi Klara Shuman 100 nemis markasidan tabassum ila boqib turar edi. Bu go‘zal xonim shunchaki mashhur bastakorning rafiqasi bo‘lib qolmasdan, sakkiz farzandning onasi va konservatoriya professori edi.
Ukraina milliy banki 200 grivnalik kupyurani bezashga nafaqat Ukraina, balki yaqin qo‘shnilari Litva va Estoniyada ham mashhur qo‘shiqchi Lesi Ukrainkaning chehrasini munosib ko‘rdi.
Osiyo va Lotin Amerikasi davlatlari ham bu borada faol. Milliy kostyumdagi xonimlar Laos va Xitoy banknotlari chiroyiga chiroy qo‘shmoqda.
Buyuk rus imperatrisasi Yekaterina II ning jozibador surati 100 Chor Rossiyasining rublidan mustahkam o‘rin olgan. 100 talikning turli yillardagi nusxalari dizayni o‘zgardi, ammo unda xalq sevgan imperatrisa muqim qoldi.
Jorj Vashingtonning rafiqasi Marta Vashington xonim AQSh dollaridan joy olgan yagona ayol. Xonim 1886, 1891 va 1896 yilda chop etilgan 1 dollarlik kumush sertifikatlardan joy olgan.