Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa tumanlararo sudining 04.04.2018 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor A.B.dan undiruvchi J.S.ning foydasiga bir nafar farzandining ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.
Majburiy ijro byurosi Xonobod shahar bo‘limi tomonidan sud hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida qarzdor A.B.ning O‘zbekiston hududidan chetga chiqish huquqlari tegishli qonun talablariga ko‘ra cheklab qo‘yilgan.
Shu sababli, xorijga chiqish istagida yurgan qarzdor ota farzandi ta’minoti uchun 5 yillik 133 mln. so‘m aliment pullarini oldindan to‘ladi hamda qarzdorga nisbatan qo‘llanilgan barcha cheklov choralari bekor qilindi.