Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Xorijda aldangan farg‘onalik 10 nafar yigit oilasi bag‘riga qaytdi

Xorijda aldangan farg‘onalik 10 nafar yigit oilasi bag‘riga qaytdi

Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida xorijda odam savdosidan jabrlangan 10 nafar hamyurtlarimiz o‘z oilasiga bag‘riga qaytdi.

O‘zAning yozishicha Bag‘dod tumanining Samandarak qishlog‘idan bo‘lgan 10 nafar yigitlar Farg‘ona shahrida yashovchi tanishlari U.Yunusov taklifi bilan joriy yil 28 yanvar kuni Rossiya Federasiyasining Penza shahriga qurilish ob’ektlarida ishlash uchun borgan edi. U yerda yigitlarni U.Yunusovning ukasi kutib olib, qurilish ob’ekti rahbari, rus millatiga mansub Roman ismli rus fuqarosining qo‘lida ishlashini, ish haqlarini olishida o‘zi o‘rtada turishini, fuqarolik pasportlarini esa vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘ydirish uchun berishlari lozimligini aytib, olib qo‘ygan.

Yigitlarga ishga borishdan avval ish haqi 45-60 ming Rossiya rubli miqdorida berilishi va’da qilingan edi. Biroq ular Penza shahriga borganidan keyin ish haqini 38 ming rubldan berilishi, ish vaqti ham oldindan aytilganday 8 soat emas, 12-14 soat edi. Yigitlar bunga rozi bo‘lmay, ishlash uchun boshqa joyga ketmoqchi bo‘lib, fuqarolik pasportlarini so‘rashadi. Ammo T.Yunusov hamda Roman ismli rus ish beruvchilar yigitlarni ish kuchidan arzon pul to‘lab foydalanish maqsadida, turli bahonalar bilan 2 oy davomida fuqarolik pasportlarini bermay kelgan.

Yigitlar 2 oy davomida ishga chiqmay, ish haqi ham olmay, qarzga botib, yashash manziliga qaytolmay, qiyin ahvolda qolishgan hamda O‘zbekiston Respublikasidagi ota-onalari orqali viloyat IIBdan yordam so‘rashgan.

Farg‘ona viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi odam savdosi va noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlarining Respublika Istiqbolli avlod ijtimoiy axborot markazi mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda olib borgan sa’y-harakatlari natijasida yigitlarning barchasi fuqarolik pasportlarini olgan holda 13 aprel kuni yurtimizga qaytdi.

Kiritildi: 10:28 15.04.2019. O'qildi: 2588 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!