IIV, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda DXXning qo‘shma qaroriga ko‘ra, xorijiy avtomashinalar uchun oyna qoraytirish bo‘yicha yig‘im tartibi o‘zgartirildi.
Yangi tartibga ko‘ra, majburiy yig‘im faqat old yon oynalari qoraytirilgan xorijiy yengil avtomashinalarga nisbatan qo‘llaniladi.
Avval esa old, yon yoki orqa oynalardan biri qoraytirilgan bo‘lsa ham yig‘im undirilar edi.
Bu o‘zgarish orqali mahalliy va xorijiy avtomashinalar uchun qoidalar bir xillashtirildi.