Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Xorazmdagi kafelarning birida yong‘in sodir bo‘ldi

Xorazmdagi kafelarning birida yong‘in sodir bo‘ldi

Xorazm viloyatining Xazorasp tumanida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchalarining birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 20 iyun kuni Xazorasp tumani «Kamolot» MFYda joylashgan «Aka Sharif» MCHJga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasining 3-qavati, ya’ni mansarda qismida yong‘in chiqqan. Oqibatida kafening 160 kvadrat metr maydondagi tom bostirmasi va oshxona jihozlari yongan.

FVB yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi voqea joyiga 17:36 da yetib borib, yong‘inni soat 18:23 da to‘liq bartaraf etgan. Yong‘indan kafening 1—2-qavatlari, taxminan 200 kvadrat metr maydon saqlab qolingan.

Ta’kidlanishicha, hozirda yong‘inning sababi va zarari aniqlanmoqda.

Kiritildi: 15:52 22.06.2021. O'qildi: 1621 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!