Bugun 12 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Xorazmda Xitoy universiteti filiali tashkil etiladi

Xorazmda Xitoy universiteti filiali tashkil etiladi



Xorazm viloyatida Lyaoning pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali tashkil etiladi.

Ta’lim jarayoni 2026/2027 o‘quv yilidan boshlanadi.

Ta’lim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida olib boriladi.

O‘qish kunduzgi va muqobil ta’lim shakllarida tashkil etiladi.

2030/2031 o‘quv yiliga qadar o‘qishga qabul qilingan talabalar o‘qishning butun davri davomida to‘liq davlat granti asosida o‘qitiladi.

2030/2031 o‘quv yilidan boshlab qabul parametrlarining 30 foizi davlat granti asosida shakllantiriladi.

Bu to‘g‘risida "O‘zbekistonda Xitoy Xalq Respublikasining Lyaoning pedagogika universiteti filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–359-son, 02.10.2026 y.) qabul qilindi.
Kiritildi: 19:01 05.10.2026. O'qildi: 754 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!